17 yoshli qiz "voyenkomat"ni yoqib yubormoqchi bo‘ldi
Bitiruvchi sinf o‘quvchisi politsiya tomonidan ushlangan.

Tatariston poytaxti Qozonda kecha, 3-oktabr kuni 11-sinf o‘quvchisi Qozon Sovet tumani harbiy komissarligi binosiga maxsus tayyorlangan idishni tashlab, o‘t qo‘yishga urindi.
Bitiruvchi sinf o‘quvchisini politsiya tutib ketgan. So‘roq paytida qiz harbiy komissariatni urushga va mobilizatsiyaga qarshi bo‘lgani uchun yoqib yubormoqchi bo‘lganini aytgan.
Harbiy safarbarlik eʼlon qilinganidan buyon o‘tgan ikki hafta ichida Rossiyaning turli joylarida o‘ndan ortiq voyenkomat va hokimiyat binolariga o‘t qo‘yishga urinish holatlari bo‘lgani aytilmoqda.







