O'zbekiston

Ayrim fuqarolar sanatoriylarga onlayn yo‘llanma olishi mumkin

Sihatgohlarda mavjud navbatlarni oldindan ko‘rish imkoniyati ham mavjud.

Ayrim fuqarolar sanatoriylarga onlayn yo‘llanma olishi mumkin

 

Keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida respublika sanatoriylarida yotib davolanishga onlayn navbatga turish xizmati ishga tushirildi.

 

Ushbu xizmat orqali sanatoriylarda mavjud navbatlarni oldindan ko‘rish imkoniyati ham mavjud.

 

Navbatga turish yoki belgilangan toifaga mos bo‘lmagan ariza beruvchilarga rad etilganlik xabarnomasi avtomatik tarzda yetkaziladi. Shuningdek, ariza beruvchi o‘z navbatini onlayn kuzatib bora oladi.

 

Quyidagilar ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin:

 

  • Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
     
  • halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
     
  • respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
     
  • Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirganlar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
     
  • yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obʼektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
     
  • I va II -guruh nogironligi bo‘lganlar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
     
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar;
     
  • yoshga doir pensiya oluvchilar.

 

Ariza beruvchi portaldagi “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish” xizmatini tanlab, kerakli sihatgohni belgilashi va so‘rov yuborishi mumkin.

 

Mazkur xizmat orqali avval qog‘oz shaklida topshirilgan arizalar navbatini ham kuzatish imkoniyati mavjud.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ayrim fuqarolar sanatoriylarga onlayn yo‘llanma olishi mumkin | Zamon.uz