Hindiston Bosh vaziri Zelenskiy bilan telefonlashdi
U harbiy harakatlarni tezroq to‘xtatish kerakligini aytgan.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular suhbat chog‘ida Ukrainada davom etayotgan mojaroni muhokama qilgan.
“RiaNovosti” nashrining yozishicha, Bosh vazir harbiy harakatlarni tezroq to‘xtatishga chaqirgan. U mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasligiga qat’iy ishonch bildirib, Hindistonning har qanday tinchlik sa’y-harakatlariga hissa qo‘shishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Shuningdek, muloqotdа ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan.







