Rossiya 2030-yilda Oyga kosmonavtlarni yuboradi
Roskosmos sayyorda yangi missiyalar o‘tkazmoqchi.

2030-yilga borib Rossiya kosmonavtlarni Oyga qo‘ndirishga texnologik jihatdan tayyor bo‘ladi. Bu haqda Roskosmos rahbari Yuriy Borisov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 2023-yilda “Luna–25” sayyoralararo stansiyasini, keyin esa “Luna–26”, “Luna–27” va “Luna–28”ni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
7-sentyabr kuni Roskosmos “Luna–25”ning uchirilishi 2023-yilning iyul–oktyabr oylariga ko‘chirilganini bildirdi. Bunga kosmik kemaning Oy yuzasiga qo‘nishi uchun mas’ul bo‘lgan Doppler’ning tezligi va masofa o‘lchagichi bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan. Qurilmaning xarakteristikalari texnik shartlarga javob bermaydi.







