Tramp OAV uchun "to‘nini teskari kiydi"
Sobiq prezident bir qator telekanallarni sudga bermoqchi.

Donald Tramp tez orada bir qator OAVni o‘ziga tuhmat qilganlikda ayblab sudga beradi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida maʼlum qildi.
"Yaqin hafta va oylar ichida biz bir qator feyk xabar tarqatuvchi kompaniyalarni yolg‘on, tuhmat va boshqa yovuzliklari uchun sudga beramiz", — degan sobiq prezident.
Qayd etilishicha, Tramp ularni 2020 yilgi prezidentlik saylovlari kampaniyasi va undan keyingi davrdagi faoliyati ustidan arz qiladi.
Bundan oldin siyosatchining vakillari dushanba kuni Florida Janubiy okrugi sudiga CNN telekanali ustidan shikoyat qilgandi. Tramp kanaldan 475 million dollar undirishni talab qilmoqda.
Avvalroq AQSH sobiq prezidenti dunyoning eng xavfli pallada turganini aytgandi.







