Toshkentda Neksiya–3 YTHga uchradi
YHXB hodisa tafsilotini ma’lum qildi.

3-oktyabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Neksiya–3 yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 03:45 larda Uchtepa tumani Sakkokiy ko‘chasida 1985-yilda tug‘ilgan A.T. Neksiya–3 rusumli transport vositasini Ko‘kchadarvoza ko‘chasi tomonga boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l transport hodisasini sodir qilgan.
Hodisa natijasida tan jaroxat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







