O'zbekiston

Yevropaliklar Ukrainaning Ittifoqqa qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlamoqda

Ammo ukrainalik qochqinlarni qabul qilish istagi pasaygan.

Yevropaliklar Ukrainaning Ittifoqqa qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlamoqda

 

Yevropa Ittifoqi aholisining aksariyati Ukrainaning Ittifoqga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu “Bertelsmann” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijasida ma’lum bo‘ldi.

 

So‘rovnomada ishtirok etgan  yevropaliklarning deyarli 66 foizi Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi tarafdori. Polshada respondentlarning 84 foizi buni yoqladi. Germaniya va Fransiyada qo‘llab-quvvatlash darajasi kamroq, ya’ni 60 foizni tashkil etgan.

 

Ta’kidlanishicha, yevropaliklarning 80 foizdan ortig‘i ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlagan. Mart oyi bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatgich 5 foizga, xususan, Fransiyada 8, Niderlandiyada 7 va Polshada 6 foizga pasaygan.

 

Shuningdek, nemislar orasida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlovchilar salmog‘i biroz kamaygan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"