O'zbekiston

"Bir paytlar paxta maydonidan 1 gektar ajratish jinoyat edi"

Prezident Sirdaryoga tashrifini terimchilar bilan suhbatdan boshladi.

"Bir paytlar paxta maydonidan 1 gektar ajratish jinoyat edi"

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligidagi ishlar holati, aholi hayoti bilan tanishish maqsadida 6 oktyabr kuni Sirdaryo viloyatiga keldi.

 

Bu yil viloyatda 75 ming gektar maydonda paxta yetishtirildi. Ayni paytda qariyb 80 ming gektar yerga g‘alla ekilmoqda.

 

Davlatimiz rahbari Sirdaryo tumanidagi “Arslon bobo” va “Omonboy o‘g‘li Tugal” fermer xo‘jaliklari dalasini ko‘zdan kechirdi.

 

“Arslon bobo” fermer xo‘jaligining yer maydoni 90 gektar bo‘lib, bu yil g‘alladan 80 sentnerdan hosil olingan. Hozir paxta terimi avjida. Shuningdek, kartoshka, mosh, sabzi, piyoz kabi takroriy ekinlar ham yetishtirilib, bozorga qo‘shimcha mahsulot chiqarilmoqda.

 

“Omonboy o‘g‘li Tugal” fermer xo‘jaligi 62 gektarda dehqonchilik qiladi. Bu yerda ham g‘alla hosildorligi 80 sentner bo‘lgan. Ko‘sak soni va terimning borishiga qaraganda, paxtaning ham “cho‘g‘i baland”.

 

Bu qo‘shni xo‘jaliklarda yerlar lazerli uskuna yordamida tekislangani natijasida suv avvalgiga nisbatan 30-40 foiz tejalmoqda, sug‘orish vaqti ham qisqargan. Nasoslar quyosh panellari quvvatida ishlaydi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida dala chetlariga tut, tok, qoratol va boshqa ko‘chatlar ekilgan.

 

Prezidentimiz shu yerda sirdaryolik fermerlar, nuroniylar bilan suhbatlashdi.

 

— Xalqimiz «mehr ko‘zda» deganidek, sizlar bilan ko‘rishib, hormanglar deb keldim, - dedi Shavkat Mirziyoyev. — Adolatli hakam bo‘lsa, aytish mumkinki, Sirdaryoda ham o‘zgarish bo‘layapti. Lekin zamon shunday shiddat bilan o‘tayaptiki, odamlarning niyatlari ilgarilab ketyapti. Shunga yarasha sharoit yaratish, xalqimiz talabini qondirish uchun yangi-yangi rejalar qilishimiz kerak. Bugun aziz Sirdaryo ahliga rahmat aytish bilan birga, erishilayotgan natijalar bardavom bo‘lishi uchun, tumanlarning, odamlarning biri ikki bo‘lishi uchun zarur yo‘nalishlarni belgilagani keldik.

 

Fermerlar qishloq xo‘jaligida imkoniyatlar kengayib, manfaatdorlik oshgani, majburiy mehnat tugatilgani, qo‘shimcha mahsulotlar yetishtirilayotganini aytishdi.

 

— Yer — xalqimiz rizq-ro‘zi manbai. Bir paytlar paxta maydonidan bir gektar ajratish jinoyat edi, takroriy ekin ekkan taʼqib qilinardi. Mana, hozir 80 ming gektar paxta va g‘alla maydonlarini aholiga berdik, hali yana beramiz. Ulardan olingan mahsulot ham xalqimizniki-ku. Bozorga mahsulot, oilalarga daromad bo‘ladi-ku. Bugun respublikadan kelgan rahbarlar va hokimlar yana 7,5 ming gektar yer ajratilsa, Sirdaryo viloyatida ishsizlikni yo‘q qilish bo‘yicha taklif berayapti. Men buni, albatta, qo‘llab-quvvatladim, —  dedi Prezident.

 

Davlatimiz rahbari shu yerda dehqonchilik qilayotgan yoshlar bilan ham suhbatlashdi. Ular mazkur fermer xo‘jaliklari dalasidan 0,5 gektardan yer olib, mosh, sabzi, piyoz, sarimsoqpiyoz yetishtirayotganini so‘zlab berishdi. Bundan olgan daromadi hisobidan universitetda o‘qish, uyini butlash rejalarini maʼlum qilishdi.

 

Prezidentimiz Sayxunobod tumanidagi “Shukronalik mo‘jizalari” fermer xo‘jaligi dalasida ham bo‘ldi.

 

Xo‘jalikning umumiy yer maydoni 70 gektar. Joriy yilda 25 gektarga paxta, 45 gektarga g‘alla ekildi. Hosildorlik mehnatga yarasha – yuqori.

 

Mamlakatimizda qaysi mahsulot ko‘proq daromad keltirsa, o‘shani ekishga eʼtibor ortayotgani ham qishloq xo‘jaligida yaxshi samara bermoqda. Bu fermer xo‘jaligi ham g‘alladan bo‘shagan maydondan yaxshi daromad oladi. Xususan, bu yil 45 gektar maydonga takroriy ekin sifatida mosh ekilgan.

 

Shu yerda qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari va mutasaddilari bilan muloqot bo‘ldi. Davlatimiz rahbari innovatsiya va nav evaziga hosildorlikni oshirish, suvdan oqilona foydalanish va hisobini yuritish zarurligini taʼkidladi. Fermer va ishchilarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, xususan, ular uchun kichik, arzon uylar qurish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"Bir paytlar paxta maydonidan 1 gektar ajratish jinoyat edi" | Zamon.uz