Bugun Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga boradi
Bu haqda Prezident matbuot xizmati rahbari xabar berdi.

Bugun, 6-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi.
Maʼlum qilinishicha, tashrif davomida qishloq xo‘jaligidagi ishlar va to‘qimachilik korxonalari faoliyati bilan tanishish, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident kecha, 5-oktabr kuni Vengriyaga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib kelgan edi.







