Toshkent viloyatida “Zagranpasport” olgan IIB xodimlari jazolandi
Holat yuzasidan viloyat IIBB ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyati IIBB xodimlari xorijga chiqish pasporti olgani uchun intizomiy jazolangani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan IIBB axborot xizmati rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, 2 nafar xodim xorijga chiqish pasporti (Zagranpasport) olish jarayonida o‘zini “vaqtincha ishsiz” deb ko‘rsatgan va tegishli muddatda “pasport”ni IIBBga topshirmay, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son Qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining “Intizom ustavi”ni buzgan.
“Ushbu tartib va qoidalarni buzganligi uchun yil davomida Toshkent viloyati IIBBning 2 nafar xodimlari intizomiy jazolangan”, — deyiladi xabarda.







