O'zbekiston

Vazirga xorijlik maslahatchi tayinlanadi

Vazirlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni qancha bo‘lishi ochiqlandi.

Vazirga xorijlik maslahatchi tayinlanadi

 

Sog‘liqni saqlash vazirligida xorijlik mutaxassis ishlaydigan vazir maslahatchisi lavozimi joriy qilinadi. Bu haqda Prezidentning «Sog‘liqni saqlash boshqaruv organlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida belgilanmoqda.

 

Hujjat loyihasiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan bosh reja loyihasini amalga oshirishni taʼminlash maqsadida, vazirlik markaziy apparatiga ajratilgan shtatlar birligi doirasida sog‘liqni saqlash vazirining sog‘liqni saqlash islohoti va axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi kiritiladi.

 

Mazkur qaror loyihasi bilan sog‘liqni saqlash vaziriga bir oy muddatda mazkur lavozim uchun sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv va islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tajribali va yetuk xorijiy mutaxassisni jalb qilish bo‘yicha vazifa topshiriladi.

 

Shuningdek, davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni – 203 nafar, sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organlari xodimlarining cheklangan soni – 586 nafar etib belgilanishi nazarda tutilgan.

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

custom img

Muddatli to‘lov xizmatlari operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Banklar va mikromoliya tashkilotlaridan tashqari, muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator deb e’tirof etiladi.

custom img

Slovakiya, Germaniya va Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Ulardan biri 85 mln so‘m, boshqalari esa 4 ming va 5 900 AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

custom img

DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi

Bahslar 17–22-avgust kunlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

Yong‘in soat 22:43 da qurshab olingan, hozirda uni to‘liq bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

custom img

Jizzax tibbiyotida 180 kunlik tajriba: yangi tibbiy tizimdan nimalar kutilyapti?

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini 180 kun ichida yuqori texnologiyali hududiy referens markazga aylantirishga qaratilgan «Jizzax-180» dasturi ishga tushirildi.

custom img

"O‘zbekgidroenergo" tizimidagi 8 ta obyektga yangi JAC avtomobillari topshirildi

Yangi transport vositalari tog‘li va murakkab hududlarda xizmat ko‘rsatish ishlarini tezkor tashkil etishga xizmat qilishi bildirildi.

custom img

Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi va uning 6 farzandi vatanga qaytarildi

Fuqaroning hujjatlari yo'qligi sababli u va farzandlari vaqtincha saqlash muassasalarida bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"