Buxoroda prokurorlar o‘zgardi
Gʻijduvon va Vobkent tumanlariga yangi prokuror tayinlangan.

Buxoro viloyatining 2 ta tumaniga prokuror tayinlandi, deya xabar bermoqda “Yangi O‘zyuyekiston” nashri.
Qayd etilishicha, Botir Sultonov Gʻijduvon tumani prokurori etib tayinlangan. Tayinlovga qadar B.Sultonov Vobkent tumani prokurori lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Jamshid Vosiyev Vobkent tumani prokurori etib tayinlangan. Tayinlovga qadar J.Vosiyev Gʻijduvon tumani prokurori lavozimida ishlagan.







