Jahon

Dunyoda xolera vabosi avj olishi mumkin

Joriy yilda 27 ta mamlakatda ushbu kasallik aniqlanib, ko‘plab bemorlar hayotdan ko‘z yumgan.

Dunyoda xolera vabosi avj olishi mumkin

 

Shu kunlarda insoniyat yana bir xafvli epidemiya bilan yuzlashishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.

 

Tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesusning ta’kidlashicha, oxirgi bir yil ichida dunyoda xolera vabosiga chalinish holatlari keskin ko‘paygan. Birgina joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyida 27 mamlakatda ushbu kasallik epidemiyasi kuzatilib, ko‘plab bemorlar hayotdan ko‘z yumgan.

 

Masalan, Suriyada so‘nggi olti haftada 10 ming nafardan ortiq kishi mazkur xavfli infeksiyaga gumon qilingan. 

 

Pokistonda esa 1500 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan dahshatli suv toshqinlaridan ko‘p o‘tmay xolera vabosi avj oldi. Agar shoshilinch choralar ko‘rilmasa, yaqin haftalarda yana ko‘plab odamlar xastalik qurboniga aylanishi mumkin. 

 

“Xolera oqibatida bemorlar hatto bir necha soat ichida jon taslim qilishlari mumkin. Shunga qaramay, zamonaviy tibbiyot maxsus muolajalar orqali xastalikni davolash imkoniyatiga ega. Kasallikka qarshi vaksinalar esa vabo profilaktikasida eng samarali chora. 

 

Biroq dunyoning ba’zi mamlakatlari aholisi shundan ham bebahra. 2013 yilda hamkorlarimiz xoleraga qarshi vaksinalarning xalqaro zaxirasini yaratgandi. Ammo ular epidemiyaning oldini olish uchun yetarli emas. Shu bois, bu borada shoshilinch choralar ko‘rishimiz zarur”, — deydi JSST rahbari.

 

Mutasaddining fikricha, jahonda bu yil turli epidemiyalar oqibatida sodir bo‘layotgan o‘lim holatlari besh yil avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan deyarli uch baravar oshganidan barchamiz to‘g‘ri xulosa chiqarishiz zarur. 

 

Eslatib o‘tamiz, xolera vabosi ingichka ichakning zararlanishi, intoksikasiya, umumiy ahvol og‘irlashuvi va organizm suvsizlanishi bilan kechadigan o‘ta xavfli o‘tkir infeksion kasallik hisoblanadi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Dunyoda xolera vabosi avj olishi mumkin | Zamon.uz