Ilon Mask Ukrainaning muxlisi ekanligini aytdi
OAV uni o‘zini “Ukraina bo‘yicha mutaxassis” sifatida ko‘rsatishni bas qilishga chaqirgan.

Amerikalik milliarder Ilon Mask Ukrainaning muxlisi ekanligini, ammo Uchinchi jahon urushini xohlamasligini aytdi. Bu haqda “Korrespondent” nashri yozmoqda.
Ommaviy axborot vositalari unga o‘zini “Ukraina bo‘yicha mutaxassis” sifatida ko‘rsatishni bas qilishni va “oshirib yuborayotganini” tan olishni maslahat berdi.
“Vaziyat nazoratdan chiqib ketgani aniq, u g‘urur va manmanlik bilan o‘zini Ukraina bo‘yicha mutaxassis sifatida namoyon qilishga urinmoqda. To‘xta, Ilon. Bu ishni haddan tashqari oshirib yuborganingni tan ol”, — deb yozilgan xabarlarda.
Eslatib o‘tamiz, Mask Ukrainaga Qrimdan voz kechib, Rossiya bilan urushni tugatish uchun betaraflikni e’lon qilishni taklif qilgandi. Shundan so‘ng milliarder tanqidlar ostida qolgan







