Qasdma-qasd: KXDR raketalariga javoban AQSH va Janubiy Koreya dengiz mashg‘ulotlarini boshladi
Unga aviatashuvchi ham jalb qilingan.

Janubiy Koreya va AQSH Koreya yarimoroli yaqinida xalqaro suvlarda dengiz mashg‘ulotlarini boshladi.
Bu manyovrlardan ko‘zlangan maqsad “KXDR provokatsiyalariga qarshi ittifoqchilarning operativ imkoniyatlarini mustahkamlash” ekanligi aytilgan. Mashg‘ulotlarga AQSHning Chancellorsville aviatashuvchisi ham jalb qilingan. o‘quv mashqlari 7-8 oktyabr kunlari davom etadi.
Bundan oldin Seul, Tokio va Vashington uch tomonlama dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazgandi. Unda harbiylar ballistik raketalarni aniqlashni mashq qilgandi.
KXDR o‘tgan hafta 4 marotaba raketa sinovlarini o‘tkazdi. Bundan tashqari, kecha Janubiy Koreya va AQSH mashg‘ulotlariga javoban yana ballistik raketalar uchirildi.







