Jahon

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Rossiya, Ukraina va belarusliklarga nasib etdi

Ular inson huquqlari himoyasi sohasida ko‘rsatgan xizmatlari uchun taqdirlangan.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Rossiya, Ukraina va belarusliklarga nasib etdi

 

2022 yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga Rossiya, Ukraina va Belarusdagi huquq himoyachilari loyiq ko‘rildi. Bu haqda Nobel mukofoti rasmiy sayti xabar berdi.

 

Mukofotga Rossiyaning “Memorial” markazi, belaruslik faol Ales Belyaskiy va Ukrainaning “Fuqarolik erkinliklari markazi” sazovor bo‘ldi.

 

“Ular ko‘p yillar davomida hokimiyatni tanqid qildi va fuqarolarning asosiy huquqlarini himoya qilishni ilgari surdi. Ular turli harbiy jinoyatlar, inson huquqlarini buzilishi va hokimiyatni suiisteʼmol qilish holatlarini qayd etishda katta ishlarni amalga oshirdi. Bu nomzodlarning barchasi fuqarolik jamiyatining tinchlik va demokratiya uchun ahamiyatini ko‘rsatib berdi”, – deyiladi axborotda.

 

Maʼlumot o‘rnida: “Memorial” jamiyati Rossiyada “xorijiy agent” deb tan olingan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Rossiya, Ukraina va belarusliklarga nasib etdi | Zamon.uz