Toshkentda haydovchi YPX inspektorini onasidan so‘kib, haqorat qildi
Holat yuzasidan IIBB rasmiy izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqda YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi mojaro aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 7-oktyabr kuni soat 07.30 dan Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori B.Nazirxujayev Shayxontohur tumanidagi Bunyodkor va Islom Karimov ko‘chalari chorrahasida tirbandlikni bartaraf etish maqsadida harakatni tartibga solib turgan. Biroq soat 08.30 larda Lasetti rusumli transport vositasi haydovchisi — 1984 yilda tug‘ilgan E.A. uyali telefondan foydalanib, YPX inspektorining ishorasiga bo‘ysunmasdan chorrahaga kirib kelgan. YPX inspektori haydovchiga sodir etgan qoidabuzarligini tushuntirayotgan vaqtida haydovchi YPX inspektorini onasini haqorat qilgan, natijada o‘zaro tortishuv yuzaga kelgan.
Haydovchining harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. YPX inspektorining xatti-harakatlari yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.







