Ukraina Qrimga zarba berish uchun AQSHdan raketa so‘radi
Vashingtonning ushbu masala bo‘yicha pozitsiyasi ochiqlandi.

Ukraina AQSHdan uzoq masofaga zarba beradigan raketalarni so‘ramoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Kiyev bu tizimlar orqali Qrimdagi Rossiya harbiy obyektlariga zarba bermoqchi. Xususan, Vashingtonga 300 kilometr masofaga uchadigan ATACMS raketalari bo‘yicha so‘rov jo‘natilgan.
Ammo Kongressdagi manbalar amerikaliklar Qrimga zarba berilishiga rozi emasligini, shuning uchun uzoq masofaga uchadigan snaryadlar taqdim etilmayotganini maʼlum qilgan.
Bundan tashqari, bu turdagi raketalar nizoning hozirgi bosqichida Ukrainaga kerak emas degan fikrlar mavjud. Agar bu qadam amalga oshirilsa, Moskva buni eskalatsiya sifatida baholashi mumkin.
Avvalroq Ukraina harbiylari Yevropada tayyorlanishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







