Hindistonda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi
Bosh vazir Narendra Modi ushbu halokatdan qayg‘uda.

Hindiston g‘arbidagi trassada avtobus yuk mashinasiga borib urilib, shundan so‘ng yonib ketdi. Oqibatda kamida 12 kishi halok bo‘lgan.
Yana 43 nafar inson jiddiy kuyish jarohatlari bilan Maxarashtra shtatidagi kasalxonaga yetkazilgan.
Magistral yo‘l yaqinida yashovchi odamlar voqea joyiga yetib borgan, ammo avtobus alanga ichida qolgani sababli salondagi yo‘lovchilarga yordam bera olishmagan.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Twitterda “avtobus fojiasidan qayg‘uda” ekani haqida yozdi.







