Ilon Maskning Tayvan bo‘yicha taklifiga Pekin nima deydi?
Milliarder orol atrofidagi nizoning dunyo iqtisodiyotiga halokatli taʼsiridan ogohlantirgandi

Ilon Mask Financial Times gazetasiga bergan intervyusida Tayvanni Gonkong yoki Makao kabi Xitoyning maxsus maʼmuriy hududiga aylantirishni taklif qildi.
Milliarderning fikricha, Tayvan atrofida mojaro albatta yuz beradi va bu butun dunyoga qimmatga tushadi. U eskalatsiya sodir bo‘lgan taqdirda global YAIM 30 foizgacha pasayib ketishi mumkinligini taxmin qilgan.
Bunga javoban Xitoy TIV “bir davlat — ikki tizim” prinsipiga sodiq ekanini taʼkidlagan. Vazirlik rasmiy vakili Mao Ninning so‘zlariga ko‘ra, Tayvan muammosi Xitoyning ichki masalasi hisoblanadi. Shu bilan birga Pekinning bu bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmas bo‘lib qolishi qayd etilgan.
Avvalroq Ilon Mask Ukraina nizosini hal qilish bo‘yicha ham taklif bergan, ammo bu ukrainaliklarning keskin noroziligiga sabab bo‘lgandi. Bunga javoban Tesla asoschisi Ukrainaga muxlislik qilishini, ammo Uchinchi Jahon urushini istamasligini aytgan.







