Jahon

OPEC+ kelishuvi AQSHga qaratilganmi? So‘z saudiyaliklarga

5-oktyabr kuni OPEC+ davlatlari neft qazib olishni qisqartirishga kelishib olgandi.

OPEC+ kelishuvi AQSHga qaratilganmi? So‘z saudiyaliklarga

 

Ar-Riyod neftdan qurol sifatida foydalanmayapti. Bu haqda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar davlat vaziri Odil al-Jubayr maʼlum qildi.

 

Diplomat OPEC+ aʼzolarining neft qazib olishni qisqartirishga doir kelishuvi AQSHga qarshi qaratilmaganini taʼkidlagan.

 

“Neft qurol emas. U qiruvchi vosita emas. U tank emas. Undan otib bo‘lmaydi. Biz neftni tovar va dunyo iqtisodiyotining muhim qismi sifatida ko‘ramiz. Saudiya Arabistoni buni AQSHga qarshi amalga oshirayotgani yoki neftdan siyosiy maqsadlarda foydalanayotgani to‘g‘risidagi fikrlar mutlaqo noto‘g‘ri”, – degan vazir Fox News‘ga bergan intervyusida.

 

Al-Jubayr neft qazib olishni qisqartirish energetika bozorining butunlay qulamasligi uchun chora ekanini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni neft bozorida barqarorlik saqlanib qolishi tarafdori.

 

5 oktyabr kuni OPEC+ davlatlari “qora oltin” qazib olishni sutkasiga 2 million barrel qisqartirishga kelishib oldi. Bu AQSHning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

OPEC+ kelishuvi AQSHga qaratilganmi? So‘z saudiyaliklarga | Zamon.uz