Shimoliy Koreya Yaponiya dengiziga raketa uchirdi
Pxenyan buni “AQSHning tahdidlaridan himoya” deya izohlamoqda.

Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon noma’lum ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya harbiylariga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Pxenyan AQSH va Janubiy Koreyaning harbiy mashg‘ulotlarni to‘xtatishdan bosh tortganiga javoban ballistik raketalarni uchirmoqda.
Koreya markaziy axborot agentligi amalga oshirilayotgan yadroviy sinovlarni AQSHning doimiy harbiy tahdidlari natijasida yuzaga kelgan “o‘zini-o‘zi mudofaa qilish choralari” deya izohlagan.







