Jahon

Tanqidlar ostida qolgan Ilon Maskning sunʼiy yo‘ldoshlari Ukrainada ishlamay qoldi

Milliarder so‘nggi kunlarda ukrainalik amaldorlar g‘azabiga duchor bo‘lgandi.

Tanqidlar ostida qolgan Ilon Maskning sunʼiy yo‘ldoshlari Ukrainada ishlamay qoldi

 

So‘nggi haftalarda Ukraina armiyasi Starlink sunʼiy yo‘ldosh tizimlaridan foydalanishda muammolarga duch kelgan. Bu haqda Financial Times gazetasi xabar berdi.

 

Gazetaning Ukraina oliy qo‘mondonligidagi manbalari bu ayrim vaziyatlarda halokatli oqibatlarga olib kelganini maʼlum qilgan. Ukrainaliklar Ilon Maskka tegishli yo‘ldoshlardan kommunikatsiyaning boshqa vositalari cheklab qo‘yilgan hududlarda muloqot va razvedka maʼlumotlarini almashishda foydalanadi.  Starlink maxsus dronlar yordamida signallarni qabul qiladi.

 

Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov holatga izoh berishdan bosh tortgan. Maskning o‘zi FT jurnalistlarini noto‘g‘ri maʼlumotlar tarqatishda ayblagan. Shu bilan birga u frontdagi maxfiy maʼlumotlarni bahona qilib, vaziyatni izohlamagan.

 

 Shuni qayd etish lozimki, so‘nggi kunlarda Ilon Mask Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi uchun o‘z kelishuv variantini taqdim etdi. U Qrimni Rossiya ixtiyorida qoldirish, sharqiy hududlarda qayta referendumlar o‘tkazishni taklif qilgandi. Ammo bu ukrainaliklarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Yakunda milliarder Ukrainani yaxshi ko‘rishini, ammo Uchinchi Jahon urushi boshlanmasligi tarafdori ekanini maʼlum qildi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tanqidlar ostida qolgan Ilon Maskning sunʼiy yo‘ldoshlari Ukrainada ishlamay qoldi | Zamon.uz