Toshkent ko‘chalarining biri vaqtinchalik yopildi
Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Toshkent shahridagi Beruniy shoh ko‘chasining bir qismi 12 oktyabrgacha qisman yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda yo‘l taʼmirlash ishlari sababli 8 oktyabr soat 09:00 dan 12 oktyabr soat 00:00 gacha Beruniy shoh ko‘chasining Samarqand darvoza va Navoiy shoh ko‘chalari bilan kesishmasidan Laylito‘g‘on hamda Siqichmon ko‘chalari bilan kesishmasigacha bo‘lgan oralig‘idagi qismi — ikki tomonlama yo‘l qisman yopilgani qayd etilgan.
Toshkent shahar hokimligi noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.







