Yana bir moliya instituti Ukrainaga kredit ajratdi
Mablag‘lar ijtimoiy sohalarga sarflanadi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ijro kengashi Ukrainaga 1.3 milliard dollar yordam ko‘rsatishni maʼqulladi. Bu mablag‘lar to‘lov balansini moliyalashtirishga sarflanadi.
XVJ mamlakatdagi harbiy harakatlar fonida YаIM qisqargani, inflyatsiya va byudjet taqchilligi oshagani hamda savdo zanjirlari uzilganini qayd etgan. Shu bilan birga hukumatning makromoliyaviy barqarorlikni saqlab qolgani eʼtirof etilgan.
Tashkilot yo‘naltirilayotgan mablag‘ Kiyevni kreditorlar va donorlar qo‘llab-quvvatlashining belgisi ekanini taʼkidlagan. XVF 2022 yilda Ukraina YаIM 35 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda.
Avvalroq Yevrokomissiya yil oxirigacha Ukrainaga 5 milliard yevro miqdorida yordam ajratishi maʼlum bo‘lgandi.







