Dunyoga uchinchi jahon urushi xavf solmoqda—Tramp
Sobiq Prezident buning oldini olish yo‘lini aytdi.

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarni zudlik bilan boshlashga chaqirdi.
“Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan tugatish bo‘yicha zudlik bilan muzokaralarga kirishishimiz kerak, aks holda, uchinchi jahon urushiga guvoh bo‘lamiz”, — dedi Tramp.
Shu hafta boshida amerikalik biznesmen Ilon Mask Ukrainadagi muammoni hal qilishga yordam berishga harakat qilgandi. U mojaroni hal qilish uchun Qrimni Rossiya hududi deb tan olish va Kiyevning neytral maqomi taʼminlanishi kerakligini taʼkidlagan.







