Hindistonda yo‘lbars 9 kishini o‘ldirdi
Uni tutish uchun 200 dan ortiq politsiya jalb qilingan.

Hindiston politsiyasi Bihar shtatining Champaran shahrida kamida to‘qqiz kishini o‘ldirgan yo‘lbarsni otib o‘ldirdi. Bu haqda BBC nashri yozmoqda.
“Champaranning odamxo‘ri” nomini olgan yirtqich 200 ga yaqin politsiyachi tomonidan ushlangan.Ba’zi ofiserlar uni topish uchun fillar ustida harakatlanishdi. Uch yoshli yo‘lbars qishloq yaqinidagi shakarqamishzordan topilgan. U bir necha kun ichida 9 nafar qishloq aholisiga hujum qilib, ularni g‘ajib tashlagan.
Ma’lumoy uchun: Hindistonda dunyodagi yovvoyi yo‘lbarslarning 70 foizdan ortig‘i yashaydi.







