Pokistonda savdo markazi yonib ketdi
Alanga oziq-ovqat bo‘limida boshlangan.

Pokiston poytaxti Islomobod markazidagi savdo markazida yirik yong‘in sodir bo‘ldi, deya yozmoqda BBC nashri.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, binodagilarning barchasi xavfsiz evakuatsiya qilingan, qurbonlar haqida xabar berilmagan.
Alanga oziq-ovqat bo‘limida boshlangan va ikki soat ichida nazoratga olingan.
Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif barcha tegishli muassasa va idoralarga vaziyat yuzasidan zudlik bilan chora ko‘rishni buyurganini aytdi.







