Samarqandda Matiz yuk mashinasiga urilib, avtohalokatga uchradi
Hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan.

Samarqand shahrida 3-oktyabr kuni odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, hodisa soat 08:10 larda Samarqand shahrining “Qir” MFY hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 40-kilometrida yuz bergan. Unda Matiz rusumli transport vositasi haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirib, yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan.
YTH oqibatida Matiz haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.







