Samarqandda noqonuniy ruda qazib oluvchilar ushlandi
Bu bo‘yicha IIB va DXX tezkor tadbir o‘tkazdi.

Samarqandda tarkibida oltin moddasi bo‘lgan ruda toshlarini noqonuniy qazib olish holatlari aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Paxtachi tumanida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan D.J., 1969-yilda tug‘ilgan N.T., 1980-yilda tug‘ilgan E.V.larning yashash xonadonlarida tarkibida sof oltin moddasi bo‘lgan 3100 kilogramm ruda qumlari, 2 ta pech hamda 3 ta tegirmon borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







