Toshkentdagi parkda ko‘p yillik daraxt kesib tashlandi
Holatga ekolоgiya boshqarmasi izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi “Gʻafur Gʻulom” bog‘i hududida daraxt kesilishi bilan bog‘liq holat to‘g‘risida foto xabar e’lon qilindi. Holat yuzasidan shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari hamda bog‘ mas’ullari ishtirokida holat joyiga chiqib atroflicha o‘rganilgan. Ma’lum bo‘lishicha, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzildagi daraxt tabiiy omillar ta’sirida kasallanib qurib qolganligi bois tegishli xulosa hujjatlar rasmiylashtirilgan va ikki oy muqaddam kesilgan.







