Jahon

AQSH Saudiya Arabistoniga qurol eksportini to‘xtatmoqchi

Bu OPEC+ kelishuviga javoban amalga oshiriladi.

AQSH Saudiya Arabistoniga qurol eksportini to‘xtatmoqchi

 

AQSH Kongressi Saudiya Arabistoniga qurol sotishni to‘xtatishni ko‘rib chiqadi. Bu saudiyaliklarning OPEC+ kelishuvi doirasida neft qazib olishni kamaytirishiga javoban sodir bo‘lmoqda.

 

Ushbu tashabbus mualliflari senator Richard Blyumental va kongressmen Ro Xanna hisoblanadi.

 

“Saudiya Arabistoni Rossiya bilan til biriktirdi va OPEC+ uchrashuvida neft qazib olishni sutkasiga 2 million barrelga qisqartirishga qaror qildi, bu Rossiya foydasiga gaz narxi ko‘tarilishiga olib keldi”, – deb yozgan tashabbuskorlar Politico gazetasidagi maqolasida.

 

Ular Ar-Riyodning qarorini AQSHga zarba sifatida baholagan. Bunga javoban Vashington harbiy texnologiyalarni yetkazib berishni to‘xtatmoqchi.

 

Ushbu taklif seshanba kuni Kongressning har ikki palatasida ko‘rib chiqiladi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat vakillarining fikricha, saudiyaliklarning qadamlari demokratlar va respublikachilar orasida birdek noroziliklarga sabab bo‘lgan va shu sababli tashabbus tezkorlik bilan qabul qilinishi mumkin.

 

Maʼlumot o‘rnida: 5 oktyabr kuni OPEC+ davlatlari “qora oltin” qazib olishni sutkasiga 2 million barrel qisqartirishga kelishib oldi. Bu AQSHning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. O‘z navbatida Saudiya Arabistoni kelishuv Vashingtonga qarshi emasligini maʼlum qilgandi.

 

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

AQSH Saudiya Arabistoniga qurol eksportini to‘xtatmoqchi | Zamon.uz