NATO kuchlari Ukraina nizosidan saboq olayotgani maʼlum qilindi
Bu haqda AQSH generali gapirdi.

AQSH va NATO armiyalari Ukrainadagi nizodan o‘zi uchun kerakli saboqlarni olmoqda. Bu haqda AQSH qurolli kuchlarining Yevropa va Afrikadagi kuchlari qo‘mondoni general Derril Uilyams maʼlum qildi.
“Balki, biz olgan saboqlar haqida gapirishga ertadir. AQSH va NATO armiyalari bu vaziyatda o‘rganayotgan tashkilotlar hisoblanadi. Albatta, biz orttirgan tajribani o‘rganamiz... Shu bilan birga bu kampaniya haqida xulosa qilishga hali erta”, – degan general.
U Kiyevga yordam berish masalasida hammasi rejadagidek ketayotganini qayd etgan. Shuningdek, Uilyams Ukraina qurolli kuchlarining harakatlaridan hayratda ekanini taʼkidlagan.
Avvalroq Yevropada Ukraina harbiylarini tayyorlash markazi ochilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







