O'zbekiston

Talaba qizlarning kvartiradan haydalgani aks etgan video yolg‘on bo‘lib chiqdi

Holat yuzasidan O‘zJOKU rasmiy munosabat bildirdi.

Talaba qizlarning kvartiradan haydalgani aks etgan video yolg‘on bo‘lib chiqdi

 

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahridagi kvartiralardan birida ijarachi talaba qizlar uy egasi tomonidan haydalgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Qayd etilishicha, 10-oktyabr sanasiga o‘tar kechasi universitetning Xalqaro va audiovizual jurnalistika fakultetining 1-bosqich talabasi — 1996-yilda tug‘ilgan Jumaboyev Husniddin Shuhratbek o‘g‘li o‘zining “GLOBAL TV” (YouTube, Instagram, Tiktok) sahifalarida ijara uylarning narxi ko‘tarilishi yuzasidan sahnalashtirilgan video yuklagan. 

 

Ushbu videoda uy egasi qizlarni uyidan chiqib ketishi va ularning o‘rniga 600 AQSH dollariga ijarachi kutib turganligini aytgan.

 

Sahnalashtirilgan video kontentni tayyorlash g‘oyasi Kun.uz internet nashrida e’lon qilingan “Xavf ostida yashayotgan ijaradagi qizlar” maqolasidan keyin tug‘ilgan. 

 

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu video lavha bir yarim soatdan keyin tarmoqlardan olib tashlangan. Ammo qisqa vaqt davomida ayrim telegram kanallarida tarqagan ushbu videoga nisbatan o‘zgacha tus berilgan.

 

Aniqlanishicha, bu video Husniddin Jumaboyevning Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan xolasining uyida olingan bo‘lib, undagi ishtirokchilar o‘zining kursdoshlari.

 

“Videolavha sahnalashtirishda ishtirok etgan talabalar bu kabi holatga duch kelgan jabrlanuvchilar emasligini rasman ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Talaba qizlarning kvartiradan haydalgani aks etgan video yolg‘on bo‘lib chiqdi | Zamon.uz