Farg‘onada IIB xodimi bodi kamerasiz xizmat olib bordi
Holat yuzasidan viloyat YHXB rasmiy izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bodi kamerasiz xizmat olib borayotgan Ichki ishlar organlari xodimi va haydovchi o‘rtasidagi muloqot aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo'lishicha, videolavhada keltirilgan voqea 27 sentyabr kunida emas, 2022 yil may oyida Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqaramasi boshlig‘ining tegishli farmoyishiga asosan Patrul-post xizmati xodimlari Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ixtiyoriga o‘tkazilgan vaqtda sodir bo‘lgan.
Ushbu xodim “Bodi kamera” bilan ta’minlangan YPX inspektorlariga biriktirilgan holda xizmatga jalb etilgan.
“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonuning 17-moddasi va amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ning 7-bandiga asosan ichki ishlar organlari xodimi huquqbuzarlik sodir etilganda transport vositasini to‘xtatishi va haydovchidan hujjatlarni talab qilganda haydovchi me’yoriy hujjatlarini taqdim etishi shart etib belgilangan.
“IIO xodimi vakolati doirasida fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositasi va uni boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar, yuklari, yuk hujjatlari hamda bagajlarni tashqi ko‘zdan kechirish vakolatiga ega ekanligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.







