Fransiya vaziri kutilmaganda AQSHning iqtisodiy ustunligiga qarshi chiqdi
U Amerika gazi Yevropaga 4 barobar qimmat sotilayotganini aytgan.

Yevropada AQSHning iqtisodiy ustunligiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu haqda Fransiya iqtisodiyot, moliya, sanoat va raqamli suverenitet vaziri Bryuno Le Mer maʼlum qildi.
“Biz Ukraina nizosi Amerikaning iqtisodiy ustunligiga va Yevropaning zaiflashuviga olib kelishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”, – degan vazir.
U energetik masalada muvozanatli iqtisodiy munosabatlar qurishga chaqirgan. Le Merning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Yevroittifoqqa o‘z sanoatchilariga nisbatan 4 barobar qimmatga gaz sotyapti.
Avvalroq Bolgariya janubiy gaz quvuriga ulangandi.







