Jahon

Lavrov Ukraina bilan muzokaralarning buzilishida AQSHni ayblab chiqdi

Diplomat Rossiya hech qachon Kiyev bilan muloqot so‘ramaganini iddao qildi.

Lavrov Ukraina bilan muzokaralarning buzilishida AQSHni ayblab chiqdi

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSHni Moskva-Kiyev muzokaralarini buzishda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar mart oyida Istanbulda kelishuvga yaqin turgan.

 

“Biz mart oxirida Ukraina delegatsiyasi bilan muzokaralar stolida o‘tirgandik, Istanbulda ushbu vaziyatni hal etishning ... yo‘nalishlari tasdiqlangandi va bu bizga o‘sha paytda maʼqul tushgandi”,  degan diplomat.

 

Shu bilan birga vazir Ukraina tomoni qanday shartlar qo‘yganini ochiqlamagan. Uning fikricha, AQSH va Buyuk Britaniya muloqot jarayonining to‘xtab qolishiga asosiy aybdor hisoblanadi.

 

Lavrov Rossiya tomoni hech qachon muzokaralarni talab qilmaganini taʼkidlagan.

 

“Istanbuldagi muzokaralar raundi Ukraina iltimosi bilan boshlangandi. Biz ijobiy javob berdik”, – deb qayd etgan u.

 

Maʼlumot o‘rnida: Rossiya-Ukraina muzokaralari 29 mart kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgandi.

 

Avvalroq Vladimir Zelenskiy Moskvani ultimatumlar orqali muloqot qilishda ayblagan va shu sababli muzokaradan bosh tortgandi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Lavrov Ukraina bilan muzokaralarning buzilishida AQSHni ayblab chiqdi | Zamon.uz