O‘zbekiston Janubiy Amerika davlatlari bilan aloqalarini tobora kengaytirmoqda
Kecha Gayana bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

2022 yilning 10 oktyabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Gayana Kooperativ Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.
Ikki davlat hukumati nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov va Gayana Kooperativ Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Karolayn Rodriges Birket imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini tasdiqladi. Hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini izlash uchun ikki tomonlama aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“Hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning Janubiy Amerika davlatlari bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi”, – deyiladi TIV tarqatgan xabarida.







