Jahon

Raketalar hujumidan so‘ng Zelenskiy Bayden bilan qo‘ng‘iroqlashdi

AQSH prezidenti harbiy yordam masalasida katta vaʼda berdi.

Raketalar hujumidan so‘ng Zelenskiy Bayden bilan qo‘ng‘iroqlashdi

 

AQSH Ukrainaga havo hujumiga qarshi zamonaviy tizimlarni yetkazib beradi. Bu haqda Jozef Bayden Vladimir Zelenskiy bilan telefon muloqoti davomida maʼlum qildi.

 

Ushbu muloqot Rossiyaning Ukraina bo‘ylab yirik raketa zarbalari berishi ortidan tashkil etildi. AQSH yetakchisi raketa hujumlarini qoralagan va ularni maʼnosiz deb atagan.

 

"Prezident Bayden Ukrainaga o‘z mudofaasi uchun zarur yordamni, jumladan havo hujumiga qarshi zamonaviy tizimlarni berishga vaʼda berdi", — deyiladi Oq uy tarqatgan bayonotda.

 

Pentagon 16 sentyabrda bergan maʼlumotida Ukrainaga yaqin ikki oy ichida ikki dona NASAMS zenit-raketa tizimlarini yetkazib berilishini aytgandi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Kecha Rossiya Ukrainaning qator shaharlariga raketa zarbalari berdi. Natijada mamlakatning katta qismida elektr yetishmovchiligi yuzaga keldi. Hujumlar oqibatida 11 ta muhim infratuzilma obyekti ishdan chiqqan. Moskva buni Qrim ko‘prigidagi portlashgajavoban amalga oshirganini taʼkidlagan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"