Yangi Zelandiya Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni joriy etdi
Ro'yxatga kimlar va nimalar kiritilgan ?

Yangi Zelandiya Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiyaga nisbatab yangi sanksiyalar joriy qildi.
Mamlakat TIV tomonidan e’lon qilingan yangilangan ro‘yxatga 51 nafar tadbirkor, 24 nafar amaldor va ikki rus kompaniyasi kiritilgan.
O'z navbatida, Yangi Zelandiya tashqi ishlar vaziri Nanaya Maxuta, "Yangi Zelandiya bilan aloqada bo'lgan" "Evraz Group" direktorlar kengashi raisi Aleksandr Abramov ham sanksiyalar ostida qolganini alohida ta'kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Abramov va uning oila a’zolariga sayohatga taqiq qo‘yiladi, ularning samolyot va kemalari mamlakat hududiga kira olmaydi.
“Bizning sanksiyalarimizdan maqsad Rossiyaga bosim o‘tkazish, begunoh odamlarni jazolash emas”, — dedi Maxuta.
Avvalroq Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirgandi.







