Namanganda 4 ta mashina YTHga uchradi
Holat bo‘yicha YHXB ma’lumot berdi.

Bugun, 12-oktyabr kuni Namangan shahrida 4 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 14:05 larda Namangan shahri hududidan o‘tuvchi 4R-117 To‘raqo‘rg‘on–Namangan–Chortoq–Keskanyor avtomobil yo‘lining 31-kilometrida yuz bergan. Lacetti avtomashinasi qayrilib olish maqsadida to‘xtab turgan vaqtida bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Labo, Damas va Tracker avtomashinalari orqasidan kelib urilib, YTH sodir etgan.
YTH oqibatida avtomashinalar texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo‘q.







