Jahon

Putin: Biz o‘zgalar farovonligi uchun pul to‘lamaymiz

RF yetakchisi gaz yetkazib berish masalasida gapirdi.

Putin: Biz o‘zgalar farovonligi uchun pul to‘lamaymiz

 

Energetika narxlari keskin o‘sishi ortidan Yevroittifoq 300 milliard dollar yo‘qotadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir putni “Rossiya energetika haftaligi”dagi chiqishida maʼlum qildi.

 

“Agar neftga bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatli shartnomalar imzolanganda, bu yo‘qotishlardan qochish imkoniyati bor edi. Spot bozorlari va uzoq muddatli shartnomalar orasidagi farq uch-to‘rt barobar”, – degan u.

 

Rossiya yetakchisi Moskva tomonidan hech qanday cheklovlar qo‘yilmaganini taʼkidladi. U RF doimo o‘z majburiyatlariga rioya qilishini aytgan. G‘arbni esa ikkiyuzlamachilikda ayblagan.

 

Shu bilan birga Putin energetik resurslar narxiga chegara qo‘yadigan davlatlarga Rossiya yoqilg‘i yetkazib bermasligini qayd etgan.

 

“Rossiya sog‘lom aqlga qarshi ish qilmaydi va o‘zgalarning farovonligi uchun to‘lamaydi”, – deb fikrini yakunlagan prezident.

 

Avvalroq “Gazprom” Avstriya orqali gaz yetkazib berishni qayta tiklagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

custom img

Ko'mir konidagi fojia: 4 konchi halok bo‘ldi

Pokistondagi ko‘mir konida gaz portladi.

custom img

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

custom img

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

Tramp sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga qarshi chiqdi.

custom img

Benzin narxi oshdi: Suriyada norozilik namoyishlari boshlandi

Energetika vazirligi huzuridagi maxsus qo‘mita tomonidan gaz va dizel yoqilg‘isi narxlari 25–40 foizga oshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"