Qarshida bir-biriga tutash uylar yonib ketdi
Holat yuzasidan FVB ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi xonadonlardan birida yong‘in yz bergani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, kecha, 11-oktyabr kuni soat 19:55 larda Qarshi shahar “Gulshan” MFY Kitob ko‘chasida yashovchi S.X.ga tegishli xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, voqea joyiga 2 ta yong‘in qutqaruv ekipaji jalb qilingan va soat 20:02 lar atrofida yetib borgan. Yong‘in qutqaruvchilar olovni soat 20:25 larda to‘liq bartaraf etgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Uyning 40 kvadrat metr maydonda tom qismi va qo‘shni uyda yashovchi M.B. xonadonining 20 kvadrat metr maydonda tom qismi yongan.
Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.








