Samarqanddagi kanaldan 18 yoshli qizning jasadi topildi
Holat yuzasidan Bosh prokuratura izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani hududidan o‘tuvchi kanaldan yosh qizning jasadi topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan bosh prokuratura rasmiy bayonot e’lon qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil 1 oktyabr kuni Pastdarg‘om tumani Kamolot mahallasi hududida joylashgan yerteshar suv taqsimlash kanalida Samarqand shahrida yashagan 18 yoshli Yu.M. (ayol)ning murdasi topilgan.
Mazkur o‘lim sababini va boshqa holatlarni aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi hamda tegishli xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Tekshirish mobaynida videoxabarda ko‘rsatilgan boshqa holatlarga ham o‘rganilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi”, — deyiladi xabarda.







