25 milliard dollar va 30 yil
Aliyev Qorabog‘ni minalardan tozalashga qancha pul zarurligini ochiqladi.

Qorabog‘ni minalardan tozalash uchun Ozarbayjonga 30 yil va 25 milliard dollar kerak. Bu haqda Ilhom Aliyev Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning Ostona sammitidagi chiqishida.
“Ozarbayjon dunyodagi eng ko‘p minalashtirilgan davlatlar qatoriga kiradi. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Armaniston [Qorabog‘] okkupatsiyasi davrida 1 milliondan ortiq mina qo‘ygan. Xalqaro ekspertlar fikricha, mina muammosini hal etish uchun Ozarbayjonga 30 yil va 25 milliard dollar kerak”, – degan prezident.
Bundan oldin Ozarbayjon Qorabog‘ni tiklash maqsadida 3 milliard dollar ajratgandi. Bundan tashqari, AQSH Davlat departamenti Bokuga minalarni tozalash uchun 2 million dollar ajratgandi.







