YеOII gaz savdosini rublda amalga oshirmoqchi
Qozog‘istondan tashqari barcha davlatlar bunga rozilik bildirgan.

YеOII davlatlari gazga to‘lovni rublda amalga oshirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev maʼlum qildi.
“YеOII doirasida ayrim davlatlar gaz uchun to‘lovni faqat Rossiya rublida amalga oshirishga kelishib oldi. RF, Armaniston, Belarus va Qirg‘iziston bunga rozi. Kozog‘iston bu taklifni o‘ylayapti, ular ham milliy valyutada savdo qilishni istamoqda”, – degan u.
Avgustda Cho‘lpon-Otada bo‘lib o‘tgan YеOII bosh vazirlari kengashida tomonlar milliy valyutalarda savdo qilishni kengaytirishga kelishib olgandi. Bundan tashqari, Ittifoq gaz bozorlarini birlashtirish taklifi berilgandi.







