Chirchiqda 4 ta avtomashina YTHga uchradi
Ularning 2 tasi yuk mashinasi, 2 tasi yengil avtomobil.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatining Chirchiq tumunida yuk mashinasi ag‘darilib ketgani haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIBB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Hodisa bugun, 14-oktyabr kuni soat 11:00 larda Chirchiq shahrining A.Temur shoxko‘chasida yuz bergan. Unda 1995-yilda tug‘ilgan xaydovchi N.J. boshqaruvidagi “HOHAN” rusumli yuk avtomashinasi, 1968-yilda tug‘ilgan haydovchi Z.D. boshqaruvidagi “MAN CLA” maxsus yuk avtomashinasi, 1975-yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.B. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli va 1990-yilda tug‘ilgan haydovchi N.X. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtoulovlar ishtirokida yo‘l harakati qoidalarini buzilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Ushbu holatda haydovchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda Chirchiq shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








