Trampni AQSH Kongressiga ko‘rsatma olish uchun chaqirishmoqchi
Sobiq prezident bu qarorni keskin tanqid qildi.

AQSH Kongressining vakillar palatasining Kapitoliy hujumini surishtiruv komissiyasi sobiq prezident Donald Trampni ko‘rsatma berish uchun chaqirmoqchi.
Qo‘mitaning 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida uning barcha aʼzolari Trampni so‘roqqa chaqirtirilishiga rozilik bildirgan. Majlis davomida Kapitoliyga hujum davomida olingan video ham namoyish etilgan.
Bundan tashqari, AQSH maxfiy xizmati agentlarining yozishmalari ham ochiqlangan. Ular 2020 yilning 26 dekabrida prezident saylovi natijalaridan norozi bir guruh shaxslar hujum uyushtirishi mumkinligidan ogohlantirgan.
O‘z navbatida Tramp qo‘mitaning bu qarorini keskin tanqid qildi va “aljirash” sifatida baholadi. Sobiq prezident ushbu komissiyani AQSHni yanada parchalab yuborishda ayblagan.
Tramning tarafdorlari 2021 yil 6 yanvar kuni Kapitoliy binosiga hujum uyushtirgandi. AQSHning amaldagi rahbari Jozef Bayden buni qurolli isyon sifatida baholagan.
Avvalroq Donald Tramp AQSHni tushkunlikdagi davlat deb atagandi.







