O'zbekiston

Ukrainani tark etgan 200 nafar hindistonlik talabalar taʼlimni O‘zbekistonda davom ettiradi

Ular tibbiyot yo‘nalishida tahsil oladi.

Ukrainani tark etgan 200 nafar hindistonlik talabalar taʼlimni O‘zbekistonda davom ettiradi

 

O‘zbekiston nizodan oldin Ukraina tibbiyot OTMlarida o‘qigan 200 nafar hindistonlik talabani o‘qishga qabul qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi maʼlum qildi.

 

Elchi Dilshod Axatov Nyu-Dehlida bu bo‘yicha maʼlumot bergan. Talabalar suhbat asosida o‘qishga qabul qilingan. Ularning aksariyati Buxoro davlat tibbiyot universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasiga aylangan.

 

O‘zbekiston tomoni hindistonliklarga ikki tibbiyot dasturi bo‘yicha taʼlim olishni taklif qilgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"