Chuqur hamdardligimni qabul qiling—Putin
Rossiya rahbari Erdog‘anga ta’ziya bildirdi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anga Bartin viloyatidagi ko‘mir konida yuz bergan avariyaning ayanchli oqibatlari munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda “Interfaks” nashri yozmoqda.
“Bartin viloyatidagi ko‘mir konida yuz bergan avariyaning ayanchli oqibatlari munosabati bilan chuqur hamdardligimni qabul qiling. Halok bo‘lgan konchilarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz. Barcha jabrlanganlar tezroq sog‘ayib ketsin”,— deyiladi Putin Erdog‘аnga yo‘llagan murojaatida.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya shimolidagi shaxtada yuz bergan portlash qurbonlari soni 40 nafarga yetgan.








